Kafedra tarixi

“Tarix” kafedrasi Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 2015-yil 28-fevraldagi 74 AFO-buyrugʻi asosida Tarix fakulteti “Oʻzbekiston tarixi” va “Umumiy tarix” kafedralari birlashtirilishi negizida tashkil etilgan. 2015-yil 28-fevraldan t.f.n.X.R.Qurbonov, 2015-yil 26-avgustdan t.f.n., dotsent R.M.Qarshiyev, 2018-yil 27-avgustdan 2024-yil 25-noyabriga qadar t.f.d. (DSc), dotsent A.M.Aminova kafedraga mudir lavozimida ishlagan.
“Tarix” kafedrasi mudiri lavozimida 2025 yil 20-yanvardan p.f.f.d.(PhD), dotsent Sh.S.Boboyorov faoliyat yuritmoqda.

Kafedraning maqsadi.
Kafedraning asosiy maqsadi — talabalarga tarix fanlari bo‘yicha puxta nazariy va amaliy bilim berish, ularda tarixiy tafakkur, ilmiy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish hamda zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalardan samarali foydalana oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Kafedraning vazifalari.

— tarix fanlari bo‘yicha zamonaviy va sifatli ta’lim jarayonini tashkil etish;
— talabalarning tarixiy manbalar bilan ishlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
— O‘zbekiston va jahon tarixini xolis, ilmiy va tizimli o‘rganishga yo‘naltirish;
— talabalarda vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash va tarixiy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirish;
— zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va raqamli vositalarni ta’lim jarayoniga joriy etish;
— talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish, maqola, tezis va loyihalar tayyorlashga ko‘maklashish;
— iqtidorli talabalarni aniqlash va ularning ilmiy hamda kasbiy salohiyatini rivojlantirish;
— professor-o‘qituvchilarning ilmiy-uslubiy va kasbiy mahoratini muntazam oshirib borish;
— tarix ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar va elektron resurslar yaratish;
— mahalliy va xorijiy ta’lim hamda ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Kafedra mudiri

Safarova Nigora Olimovna — falsafa fanlari doktori (DSc), professor, Navoiy davlat universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri.
Safarova Nigora Olimovna — falsafa fanlari doktori, professor, Navoiy davlat universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri. U uzoq yillardan buyon oliy ta’lim tizimida ilmiy-pedagogik faoliyat olib borib, falsafa, ijtimoiy-falsafiy jarayonlar hamda ma’naviy-ma’rifiy masalalar yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Professor N.O. Safarova ilmiy kengashlar, seminarlar va tadqiqotlar faoliyatida faol ishtirok etib, yosh olimlar va talabalarni ilmiy izlanishga yo‘naltirish, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy falsafiy tafakkurni shakllantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Kafedra salohiyati

Ijtimoiy fanlar kafedrasida 1nafar professor, 1 nafar dotsent, 2 nafar DSc, 2 nafar PhD mavjuv. Kafedraning professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 45 foizni tashkil etadi

Ilmiy va o‘quv yo‘nalishlari

O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotinig falsafiy metodologik asoslari va tizimli xususiyati.
Kafedra faoliyatining ustuvor yo’nalishlari: O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotinig оntologik, gnoseologik, aksiologik, germeneftik metodologiya asosida tadqiqot va izlanishlar bazasini yaratish.

Amaliy o‘quv muhiti

Kafedraning amaliy o‘quv muhiti talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan. Ushbu muhitda talabalar tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari, xaritalar, muzey materiallari va raqamli resurslar bilan ishlash orqali tarixiy voqea-hodisalarni mustaqil tahlil qilish, taqqoslash va ilmiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
Amaliy mashg‘ulotlarda interfaol metodlar, tarixiy keyslar, loyiha ishlari, taqdimotlar, munozaralar, virtual sayohatlar va raqamli tarix vositalaridan foydalaniladi. Shuningdek, talabalar muzeylar, arxivlar, tarixiy obidalar va ilmiy muassasalarda o‘tkaziladigan amaliyotlar orqali kasbiy tajriba orttiradilar.
Bunday o‘quv muhiti talabalarda tarixiy tafakkur, manbashunoslik ko‘nikmalari, tadqiqotchilik kompetentligi, mustaqil fikrlash va zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish malakasini shakllantirishga xizmat qiladi.